Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

RIYOD-2025: FarDU TALABASI ABDULLOH MADAMINOV BILAN SAMIMIY SUHBAT

14:50, 17.11.2025      

Farg‘ona davlat universitetining Sport faoliyati fakulteti talabasi, istiqbolli bokschi Abdulloh Madaminov Islom birdamlik o‘yinlarida navbatdagi yorqin g‘alabaga erishdi. U -65 kg vazn toifasida jazoirlik raqibi Jugurta Aitni ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir oltin medal qo‘shdi. Yosh sportchining bu muvaffaqiyati nafaqat universitet, balki butun yurtimiz sporti uchun katta quvonch va faxrdir.

Oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov yosh chempionni tabriklab, uni universitet rahbariyati nomidan qabul qildi. Choy ustida bo‘lib o‘tgan suhbat iliq muhitda, samimiy fikr almashuvlar ruhida kechdi.

Uchrashuv davomida Abdulloh Madaminov:

  • - Musobaqaga tayyorgarlik jarayonidagi qiyinchilik va yutuqlar,
  • -Xalqaro ringdagi taassurotlari,
  • -Kelgusi rejalari,
  • -Universitetda yaratilayotgan zamonaviy sport infratuzilmasi haqida batafsil so‘zlab berdi.

Rektor Bahodirjon Shermuhammadov Abdullohning muvaffaqiyatini yuksak baholab, uning g‘alabasi FarDU jamoasi va butun yoshlar uchun katta rag‘bat ekanini ta’kidladi: “Sportdagi bunday yutuqlar – nafaqat universitet obro‘si, balki yurtimiz yoshlarining salohiyati qanchalik yuksak ekanining yorqin isboti. Abdullohga kelgusida yanada yirik g‘alabalar nasib etishini tilayman.”

Abdullohning ushbu oltin medali Farg‘ona davlat universitetining sport maktabi qanchalik samarali faoliyat yuritayotganini yana bir bor tasdiqladi. Universitetda yosh sportchilar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, zamonaviy sport majmualari va malakali murabbiylar mehnati amalda o‘z natijalarini bermoqda.

Abdulloh Madaminovning g‘alabasi — FarDU tarixidagi yana bir shonli sahifa. Yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgan yosh sportchilarimizga omad tilaymiz!