

Farg‘ona davlat universitetida bugun ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Ashurali Zohiriy hayoti va ijodiy merosining yangi O‘zbekistonda barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusidagi Respublika ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir mamlakatimizda jadid ma’rifatchilari merosini chuqur o‘rganish va yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlarning uzviy davomidir.
Ilmiy anjuman O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Mazkur hamkorlik Ashurali Zohiriy kabi jadid ziyolilarining o‘lmas merosini o‘rganishga, ularning hayot yo‘li va millat ravnaqi yo‘lidagi fidokorligini yoshlar qalbiga yetkazishga xizmat qildi.
Anjumanda Farg‘ona davlat universiteti talabalari tomonidan tarixiy davr voqealarini aks ettiruvchi badiiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu kompozitsiyalar o‘sha davr jadid ziyolilarining jasorati, ilm-ma’rifat orqali jamiyatni uyg‘otish yo‘lidagi mashaqqatli mehnatini tasvirlab, tinglovchilar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.

Shuningdek, taniqli olimlar tomonidan Ashurali Zohiriyning:
Tadbir yakunida anjuman ishtirokchilari FarDU Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi. Ekskursiya davomida qatnashchilar XX asr boshida millat ravnaqi uchun jon fido qilgan jadid ziyolilarining hayoti va fojiali taqdirlari bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur ekskursiya yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ularda milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan Respublika ilmiy anjumani nafaqat Ashurali Zohiriy merosini chuqur o‘rganishga, balki yoshlarni ma’rifat, milliy qadriyatlar va tarixiy xotiraga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘ldi. Ushbu anjuman jadid ma’rifatchilarining boy merosini bugungi avlodga yetkazish va uni amaliy hayotga tatbiq etish yo‘lidagi yana bir samarali tashabbus sifatida e’tirof etildi.