Farg‘ona davlat universiteti Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutining DOKTORANTURA (DSc), TAYANCH DOKTORANTURA (PhD), MUSTAQIL IZLANUVCHI (PhD, DSc) hamda STAJYOR-TADQIQOTCHILIK institutlari uchun 2026-yil qabuli uchun hujjat topshirgan talabgorlarning ixtisosliklar kesimida tashkil etiladigan mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari (2025-yil 22-noyabr) hamda suhbat jarayonlari (2025-yil 19-noyabr) jadval sosida bo'lishi rejalashtirilgan.
Talabgorlar uchun eslatma!
1. Barcha talabgorlar jadval asosida jadvalda belgilangan vaqtdan 30-minut oldin, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID karta) bilan Universitetining pedagogika, psixologiya va san'atshunoslik fakulteti binosi oldiga kelishlari so'raladi;
2. Imtihonning umumiy davomiyligi 3 soatni tashkil etadi. Bu vaqtda 4 savolga javob yoziladi;
3. Imtihonda holis vakil tomonidan 1 dona bilet tanlab olinadi va barcha talabgorlar ushbu biletdagi savollarga javob yozadilar;
5. Imtihon uchun barchaga bir xil 12 varaqli daftar beriladi, qo'shimcha hech qanday varaq yoki daftar berilmaydi. Shuning uchun javoblarni tushunarli va aniq yozishga harakat qiling;
6. Daftarning muqovasiga ism-familiyangiz va ixtisoslik nomini aniq va to'liq yozilishi kerak, daftarning ichki qismiga talabgor haqida hech qanday ma'lumot yozilishiga yo'q o'yilmaydi;
7. Imtihonga telefonlar, planshetlar, aqlli soatlar va boshqa elektron qurilmalar olib kirish va ishlatish qat'iyan man etiladi. Kitoblar, qo'llanmalar, eslatmalardan va boshqa turdagi barcha hujjatlardan foydalanish taqiqlanadi. Talabgorlarga 12-varaqli daftar va ruchkalar universitet tomonidan taqdim etiladi;
8. Imtihon jarayonlari online translyatsiya qilinadi va tizimda ham nazorat olib boriladi. Imtihon jarayonida ko'chirish, boshqalarga yordam berish yoki yordam so'rash qat'iyan man etiladi. Qoidalarni buzgan ishtirokchilar imtihondan chetlatiladi va natijalari bekor qilinadi;
9. Daftarni ichiga har qanday shubhaga tortuvchi belgi qo'yish, uni boshqa daftarlardan ajiralib turishiga sabab bo'luvchi harakatlar daftarni tekshirilmasligiga sabab bo'ladi;
10. Imtihon tugagach, barcha materiallar nazoratchiga topshiriladi.
Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!