Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

AYOL IJODKORLAR FENOMENI – TADQIQOT MARKAZIDA

14:14, 22.11.2025      

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengashda filologiya yo‘nalishidagi yana bir ilmiy izlanish o‘z yakuniga yetdi. Ilmiy kengash yig‘ilishida Tojimatova Zulayxo Abdug‘affor qizi tomonidan tayyorlangan “Davr va adabiy jarayonda ayol ijodkor shaxsi (Maqsuda Ergasheva ijodi misolida)” mavzusidagi 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Dissertatsiya o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida ayol ijodkorlarning tutgan o‘rni, ularning badiiy tafakkuridagi o‘ziga xosliklar hamda adabiy jarayonga qo‘shgan hissasini chuqur ilmiy tahlil etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning markazida zamonaviy o‘zbek adabiyotida o‘z ovozi, uslubi va badiiy qarashlari bilan ajralib turadigan iste’dodli ijodkor Maqsuda Ergasheva ijodi tahlil etilgan.

Mazkur ish ayol shoiralar poetikasidagi ruhiy-estetik izlanishlar, davrning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari bilan uyg‘un holda shakllangan badiiy tasvir vositalari va gender yondashuvlarning adabiyotdagi aksini ilmiy asosda yoritib bergani bilan ahamiyatlidir.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaning nazariy asoslari, tahlil uslubi, adabiy jarayonning zamonaviy talqiniga qo‘shgan ilmiy hissasi hamda ayol ijodkor shaxsiyatini o‘rganishdagi yangi ilmiy yondashuvlari alohida qayd etildi. Tadqiqot davomida muallif tomonidan keng manbashunoslik bazasi, adabiy tanqidiy qarashlar, zamonaviy ilmiy nazariyalar asosida puxta ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda ayol ijodkorlar faoliyati, ularning adabiy jarayondagi roli va badiiy tafakkuridagi o‘ziga xosliklarni ilmiy o‘rganish nafaqat adabiyotshunoslik, balki madaniyatshunoslik, gender tadqiqotlari uchun ham dolzarb yo‘nalish sanaladi. Tojimatova Zulayxo Abdug‘affor qizining mazkur dissertatsiyasi ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan muhim ilmiy tadqiqot sifatida e’tirof etildi.