Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

DOLZARB SIYOSIY JARAYONLAR TAHLILI — YOSHLAR UCHUN MUHIM TAJRIBA

14:43, 22.11.2025      

Farg‘ona davlat universitetining barcha fakultetlarida haftaning eng muhim siyosiy voqealari va global jarayonlariga bag‘ishlangan “Siyosiy-ma’rifat soati” navbatdagi marta o‘tkazildi. Mazkur ma’rifiy tadbirning asosiy maqsadi — talabalarni mamlakatimizda va xalqaro maydonda ro‘y berayotgan siyosiy o‘zgarishlardan xabardor qilish, ularda siyosiy madaniyat va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashdan iboratdir.

Uchrashuv davomida xodimlar va talabalar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro siyosatdagi yangiliklar, mintaqaviy xavfsizlik, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar hamda global tendensiyalar haqida batafsil ma’lumot oldilar. Mutaxassislar tomonidan siyosiy voqealarning ahamiyati, ularning bugungi kun hayotiga va kelajak taraqqiyotiga ta’siri yuzasidan tahliliy fikrlar taqdim etildi.

“Siyosiy-ma’rifat soati” davomida yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularga siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli yondashish, tahlil qilish, turli manbalar asosida xulosa chiqarish kabi ko‘nikmalarning ahamiyati tushuntirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savollar berish imkoniyatiga ega bo‘lib, fikr almashinuvi jarayoni tadbirning yanada jonli va mazmunli kechishiga xizmat qildi.

Mazkur ma’rifiy tashabbus natijasida talabalarning siyosiy jarayonlarni teran anglash, dunyoqarashni kengaytirish, fuqarolik mas’uliyatini his qilish va tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yoshlar ongida milliy manfaatlar, davlat siyosati va global tendensiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish, shuningdek, faol va ongli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish uchun muhim platformaga aylandi.

Farg‘ona davlat universiteti tomonidan muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati” tadbirlari ta’lim jarayoni bilan birga yoshlarning intellektual salohiyatini mustahkamlash, ularni siyosiy jarayonlarda fikr-mulohaza bildiradigan yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning nafaqat bilim doirasini kengaytiradi, balki ularni zamonaviy dunyo chaqiriqlariga tayyorlaydi.