
Farg‘ona davlat universitetining Sport faoliyati fakulteti, adaptiv yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talaba Tillaboyev Bahodirjon sportning yakka kurash turi bo‘yicha o‘tkazilgan Andijon viloyati chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Uning ushbu yuksak natijasi nafaqat shaxsiy mehnat va intilishlar mahsuli, balki universitet sport maktabining yetukligi va murabbiylar mehnatining ifodasidir.
Bahodirjonning musobaqadagi ishtiroki yuqori texnika, jismoniy tayyorgarlik, qat’iyat hamda kuchli iroda bilan ajralib turdi. U raqobat kuchli bo‘lgan bahslarda o‘z ustunligini isbotlab, barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tib, yakunda musobaqaning mutlaq chempioniga aylandi.
Uning natijasi yoshlar uchun namunali bo‘lib, sport orqali o‘zini izlash, maqsad sari dadil intilish va tinimsiz mehnatning naqadar samarali ekanini ko‘rsatadi.
Universitet jamoasi Bahodirjonning ushbu muvaffaqiyatini yuqori baholab, uni FarDUning faxrli sportchilaridan biri sifatida e’tirof etmoqda. Fakultet rahbariyati va murabbiylar jamoasi sportchi-talabaning o‘sishi va takomili uchun zarur sharoitlar yaratib kelmoqda.
Musobaqadagi g‘alaba FarDU sportchilari orasida sog‘lom raqobatni kuchaytirib, boshqa yoshlar uchun ham katta motivatsiya bo‘ldi.