Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“16 KUNLIK FAOLLIK” DOIRASIDA: ZO‘RAVONLIKSIZ HAYOT SARI

11:33, 25.11.2025      

1999-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni sifatida e’lon qilingan bo‘lib, bugun ushbu sana butun dunyoda ayollar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikka befarq bo‘lmaslik va jamiyatda tenglikni targ‘ib etish uchun muhim maydonga aylangan.

Shu munosabat bilan Farg‘ona davlat universitetining 2-sonli talabalar turar joyida xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish, onlayn makonda xavfsizlik va huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir BMT tashabbusi bilan butun dunyoda o‘tkaziladigan “16 kunlik faollik” global kompaniyasi doirasida tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Gender tengligi tadqiqotlari markazi rahbari, professor T.A. Egamberdieva, rektor maslahatchisi M.B. Kamalova, ARM direktor o‘rinbosari F.V. Mo‘minova hamda xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ishtirokchilar tomonidan quyidagi mavzularda muhim ma’ruzalar qilindi:

  • -Raqamli zo‘ravonlikning zamonaviy ko‘rinishlari — kiberbulling, doxxing, tahdid, roziliksiz ma’lumot tarqatish, yolg‘on axborot orqali bosim o‘tkazish kabi xatarli holatlar.
  • -Ayollar huquqlarini huquqiy himoya qilish mexanizmlari, amaldagi qonunchilik va murojaat yo‘llari.
  • -Talabalar, ayniqsa qizlar uchun internetdan xavfsiz foydalanish qoidalari va shaxsiy ma’lumotni himoyalash bo‘yicha amaliy tavsiyalar.
  • -Zo‘ravonlikka qarshi kurashda jamiyat, oilalar va ta’lim muassasalarining birgalikdagi mas’uliyati.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, ekspertlar esa real hayotiy misollar orqali masalalarning jiddiyligini tushuntirib berdi. Tadbir nafaqat xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirishga, balki ularni o‘z huquqlarini himoya qilish va har qanday zo‘ravonlikka qarshi qat’iy pozitsiya tutishga undashga xizmat qildi.

Farg‘ona davlat universitetida bunday tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi yoshlarda gender tengligi, o‘zaro hurmat va zo‘ravonlikka toqat qilinmaydigan muhitni shakllantirishga imkon yaratmoqda.