
Psixologik tayyorgarlik — bu hayotni saqlab qoladigan bilimdir.
Dunyo bo‘ylab favqulodda holatlar, texnogen falokatlar, tabiiy ofatlar, ijtimoiy xavfsizlikka tahdid soluvchi voqealar keskin ko‘paymoqda. Bunday sharoitda insonning nafaqat jismoniy, balki psixologik barqarorligi ham asosiy omilga aylanmoqda. Mutlaq xavfsizlik mavjud bo‘lmasa-da, oqilona yondashuvga asoslangan, erishish mumkin bo‘lgan psixologik xavfsizlikni ta’minlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
Zamonaviy jamiyatda xavfsizlik masalasi endilikda faqat harbiy, texnik yoki huquqiy yo‘nalishdagina emas — u inson ruhiyatini chuqur anglash bilan chambarchas bog‘liq.
Shu zaruriyatlarni inobatga olgan holda, Farg‘ona davlat universiteti psixologiya kafedrasi dotsenti Atadjanov Mamirjon Yusupovich va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Xaydaraliyev Abdulloh Usmonali o‘g‘li tomonidan “Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat” (https://unilibrary.uz/literature/828946) nomli darslik nashr etildi.
Bu darslik favqulodda holatlar sharoitida insonning ruhiy holati, stressga javob reaksiyalari va xavfga qarshi ichki himoya mexanizmlarini chuqur ilmiy asosda tushuntirib beradi.
Ekstremal vaziyatlarda inson xulqi - Favqulodda holatda shaxsning fikrlash jarayoni, hissiyotlari, moslashuv mexanizmlari va ongning noan’anaviy ishlashi haqidagi ilmiy yondashuvlar keltirilgan.
Stress va travma psixologiyasi - Organizmning keskin vaziyatlarga beradigan javoblari, stressning fiziologik va psixologik bosqichlari, travmadan keyingi holatlarning oldini olish usullari izohlangan.
Psixologik himoya va moslashuv mexanizmlari - Ong ostida ishga tushadigan himoya mexanizmlari, shaxsning o‘zini muhofaza qilish instinkti va stressga chidamlilikni oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berilgan.
Favqulodda vaziyatlarda psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyoti - Qutqaruv xizmati, ichki ishlar, tibbiy xizmat, harbiy tuzilmalar va boshqa sohalarda psixologik yordamning aniq algoritmlari keltirilgan.
Mazkur kitob, xodimlarning psixologik tayyorgarligi xavfsizlik samaradorligini belgilaydi. Shu sababli bu darslik nafaqat ilmiy qo‘llanma, balki amaliy yordam beruvchi strategik manba vazifasini o‘taydi. U Oliy ta’lim bakalavriat va magistratura talabalariga;
Favqulodda holatlarda insonning eng katta tayanchi bu uning ruhiy barqarorligidir. Stressni boshqarish, xavfga to‘g‘ri javob berish, o‘zini va boshqalarni tinchlantira olish — bularning barchasi o‘rganilishi mumkin bo‘lgan psixologik ko‘nikmalardir.
“Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat” darsligi mazkur ko‘nikmalarni shakllantirishga, insonning ichki kuchini anglashga va jamiyatning umumiy xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.