Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

OLIMLAR MINBARI: XAVFSIZLIK PSIXOLOGIYASI

12:47, 26.11.2025      

Axborot xurujlari kuchaygan davrda eng muhim qalqon — bu ongli yoshlar va ongli jamiyatdir.

Bugungi globallashuv davrida insonning shaxsiy, ijtimoiy va ma’naviy xavfsizligini ta’minlash faqat huquqiy yoki texnik choralar bilangina cheklanib qolmaydi. Internet orqali cheksiz axborot oqimi, turli mafkuraviy bosimlar, ommaviy madaniyatning tezkor kirib kelishi hamda manipulyatsiya texnikalarining takomillashishi inson ongiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday sharoitda har bir shaxs, ayniqsa, ta’lim jarayonida faol bo‘lgan yoshlar, psixologlar va pedagoglar xavfsizlik masalasiga ilmiy yondashuvni bilishi zarur.

Aynan mana shu ehtiyojdan kelib chiqib, Farg‘ona davlat universiteti psixologiya kafedrasi dotsenti Atadjanov Mamirjon Yusupovich tomonidan yaratilgan "Xavfsizlik psixologiyasi" (https://unilibrary.uz/literature/768639)darsligi zamonaviy xavfsizlikka psixologik nuqtai nazardan yondashuvchi noyob manba sifatida e’tirofga loyiq.

Kitobda xavfsizlikning shaxsiy, ijtimoiy va global darajalardagi ko‘rinishlari chuqur tahlil qilinadi. Odamning o'zini tutishidagi, ongida va ijtimoiy munosabatlardagi xavfsizlik ehtiyojlari qanday shakllanishi ilmiy misollar bilan izohlanadi.

So‘nggi yillarda turli manipulyativ axborotlar, maqsadli psixologik hujumlar va ongni boshqarish usullari keng tarqalgan. Darslik bu texnikalarni ochib berib, ularga qanday qarshi turish mumkinligini tushuntiradi.

Axborot urushi, soxta xabarlar, populistik g‘oyalar va ular yordamida ijtimoiy fikrni boshqarish mexanizmlari psixologik yondashuv bilan sharhlanadi.

Hozirgi axborot va ko‘ngilochar makonlarning yoshlar ongiga ta’siri, agressiya shakllarining kuchayib borishi, ijtimoiy tarmoqlar psixologiyasi kabi mavzular keng yoritilgan.

Darslikning har qachongidan ham muhim bo’lgan bir nechta asoslari mavjud.

  • -Globallashuv inson ongiga bevosita ta’sir qilmoqda.
  • -Axborotning to‘g‘ri va noto‘g‘ri manbalarini ajratish qiyinlashmoqda.
  • -Yoshlar radikal g‘oyalar, zo‘ravon kontent va manipulyativ targ‘ibot bilan tez-tez to‘qnashmoqda.
  • Ta’lim muassasalari va psixologlar ma’naviy barqarorlikni ta’minlashda yanada faol rol o‘ynashi zarur. Shu bois, “Xavfsizlik psixologiyasi” darsligi bugungi murakkab axborot maydonida ruhiy immunitetni shakllantirish, ongni himoyalash va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash uchun amaliy-ilmiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Darslik:
  • -Psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar;
  • -Amaliy psixologlar va pedagoglar;
  • -Ta’lim muassasalari rahbarlari;
  • -Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar;
  • -Jamiyat barqarorligi masalasiga befarq bo‘lmagan har bir o‘quvchi uchun mo’jjallangan.

Bugun inson o‘z ongini boshqarishni, zararli axborot oqimiga nisbatan psixologik immunitetni mustahkamlashni o‘rganishi zarur. Atadjanov Mamirjon Yusupovichning ushbu darsligi aynan shunday maqsadni ko‘zlab yaratilgan bo‘lib, jamiyatning har bir a’zosi uchun ahamiyatli manba vazifasini bajaradi.