Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI – 5 YULDUZGA TENG KO’RSATKICHLAR EGASI

16:45, 26.11.2025      

Farg‘ona davlat universiteti yana bir muhim tarixiy yutuqqa erishdi. Universitet nufuzli “QS Stars” xalqaro reyting tizimi tomonidan umumiy 4 yulduzli – “Rated for Excellence” (“A’lo darajadagi universitet”) bahosiga sazovor bo‘ldi. Ushbu natija nafaqat ta’lim dargohining yuksak salohiyatini, balki O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining jahon maydonida tobora mustahkamlanib borayotgan o‘rnini yorqin ifodalab berdi.

Mazkur e’tirof Central Asian Universityda o‘tkazilgan QS Eurasia Forum 2025 xalqaro anjumani doirasida tantanali ravishda topshirildi. Tadbir davomida QS reyting tashkiloti prezidenti Farg‘ona davlat universitetini minnatdorlik bilan tabriklab, universitetning xalqaro standartlarga mos rivojlanish dinamikasini yuksak baholadi.

Dunyoning eng taniqli baholash tizimlaridan biri hisoblangan “QS Stars” universitetlarni 50 dan ortiq mezon asosida o‘rganib, ularning jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini aniqlaydi. Farg‘ona davlat universiteti bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha eng yuqori – 5 yulduzli natijalarga erishdi. Jumladan:

  • -Ta’lim sifati
  • -Infratuzilma va texnik baza
  • -Universitet boshqaruvi va samaradorligi
  • -Bitiruvchilarning bandlik ko‘rsatkichlari.

Bu yo‘nalishlardagi yuqori baholar universitetda olib borilayotgan tizimli islohotlar, ilmiy-tadqiqot salohiyatining oshishi, zamonaviy o‘quv jarayonining yo‘lga qo‘yilgani hamda talabalar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning amaliy natijasidir.

So‘nggi yillarda Farg‘ona davlat universiteti:

  • -Xalqaro hamkorlikni kengaytirish,
  • -Akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish,
  • -Zamonaviy o‘quv texnologiyalarini joriy etish,
  • -Ilmiy faoliyatni kuchaytirish orqali global universitetlar o‘rtasida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda. “QS Stars” tomonidan berilgan 4 yulduzli sertifikat universitetning jahon standartlariga mos ravishda rivojlanib borayotganining yaqqol tasdig‘idir.

Ushbu yutuq Farg‘ona davlat universiteti jamoasi, professor-o‘qituvchilar, ilm-fan fidoyilari va talabalar mehnatining samarasi bo‘lib, universitetning kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishiga mustahkam zamin yaratadi.

Farg‘ona davlat universiteti xalqaro reytinglar tizimida o‘z mavqeini yanada mustahkamlab, Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim maskanlaridan biriga aylanish sari dadil qadam tashlamoqda.