



Farg‘ona davlat universitetida yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Yurtim qadriyatlari” Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi tantanali tarzda o‘tkazildi.
Mazkur tanlov yosh avlodni o‘z milliy an’analari, urf-odatlari, ma’naviy merosi hamda jadidlar qoldirgan bebaho ilmiy-ma’rifiy boylik bilan yaqindan tanishtirish, ularning tafakkurini kengaytirish va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.
Ko‘rik-tanlovda turli fakultetlardan shakllangan jamoalar uchta shart bo‘yicha o‘z ijodiy chiqishlarini namoyish etdilar. Sahna ko‘rinishlarida:
Tadbir yakunida hakamlar hay’ati tomonidan baholash natijalari e’lon qilindi. Yakuniy natijalar:
1-o‘rin — Iqtisodiyot fakulteti
Ijodiy yondashuv, sahna mahorati va boy mazmun jamoaning g‘alabasiga imkon yaratdi.
2-o‘rin — Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti
Badiiy ifodalanish va san’atkorlik mahorati bilan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
3-o‘rin — Filologiya fakulteti
Milliy qadriyatlarning nozik jihatlarini sahnada yorqin aks ettirgan holda faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Ko‘rik-tanlov nafaqat musobaqa, balki yoshlar uchun ma’naviy kamolot maktabi bo‘ldi. Tadbir davomida qatnashchilar o‘z sahna mahoratini namoyon qilish barobarida, yurtdoshlarimizning boy merosi, o‘zligimizni belgilovchi qadriyatlar hamda jadidlar ma’rifatparvarlik g‘oyalarini chuqurroq anglab olishdi.
FarDU rahbariyati tomonidan bunday tashabbuslar yoshlar ma’naviyatini mustahkamlashda, ularni vatanparvar, ma’rifatli va faolligi bilan ajralib turadigan shaxslar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.