

Farg‘ona davlat universitetida talabalar bilimini sinovdan o‘tkazishga, mantiqiy fikrlash va tezkor tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Zakovat” intellektual o‘yinining 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘yin yana bir bor yoshlarning intellektual salohiyatini namoyish etuvchi yorqin maydonga aylandi.
Mazkur bosqichda universitetning turli fakultetlaridan saralangan iqtidorli talaba jamoalari ishtirok etdi. Ular:
O‘yin davomida jamoalar o‘zaro bilim kurashida yuqori faollik ko‘rsatib, har bir savolga bor kuchi bilan intilishdi. Bellashuvlar jarayonidagi qizg‘in muhokamalar, tezkor javoblar va taktik yechimlar tadbirni yanada shiddatli va tomoshabop qildi. Natijada ushbu bosqichda o‘zini eng yaxshi ko‘rsatgan jamoalar keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.


“Zakovat” nafaqat musobaqa, balki:
Tadbir yakunida g‘olib jamoalar tantanali tarzda e’lon qilindi va ularga “Zakovat” o‘yinining navbatdagi bosqichida ishtirok etish imkoniyati yaratildi. Ularning faol ishtiroki universitetda intellektual muhitni yanada jonlantirishi shubhasiz.