Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

YUKSAK ILMIY SALOHIYAT

16:40, 28.11.2025      

Sport faoliyati fakulteti qoshidagi Ko‘pkurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi jamoasi uchun quvonchli yangilik! Kafedraning fidoyi pedagogi, katta o‘qituvchi Latipova Nigora Isakovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Tadqiqot mavzusi — “Sinfdan tashqari tadbirlarda o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni tarbiyalash metodikasi” bo‘lib, u 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligiga mansub.

Dissertatsiya himoyasi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti huzuridagi DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi kengash majlisida bo‘lib o‘tdi. Eng e’tiborlisi, Latipova Nigora Isakovnaning ilmiy ishi kengash a’zolarining 100% ovozi bilan yuqori baholandi. Bu esa ilmiy tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati naqadar e’tirof etilganidan dalolat beradi.

Bugungi globallashuv jarayonida o‘smirlarning ijtimoiy faolligi, tashabbuskorligi va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. Latipova Nigora Isakovna olib borgan ilmiy izlanishlar:

  • -o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga faol jalb etishning samarali metodlarini ishlab chiqdi;
  • -sinfdan tashqari tadbirlarning tarbiyaviy imkoniyatlarini chuqur tahlil qildi;
  • -o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda tashabbuskorlikni shakllantirishning amaliy mexanizmlarini taklif etdi;
  • -pedagog va murabbiylar uchun qo‘llanma bo‘lishi mumkin bo‘lgan metodik tavsiyalar ishlab chiqdi.

Tadqiqot natijalari ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etishda, o‘quvchilarning ijtimoiy kompetensiyasini oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Latipova Nigora Isakovna o‘zining mehnatsevarligi, ilmga bo‘lgan sadoqati va pedagogika sohasidagi izlanishlari bilan nafaqat kafedramiz, balki butun ta’lim jamoatchiligi uchun ibrat bo‘la oldi. Ilmiy yutuq uning ko‘p yillik fidokorona mehnati natijasidir.