

Farg‘ona davlat universitetida 4-sonli Kengash yig‘ilishi O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag‘ishlangan yuksak e’tirof va qadrlash ruhida boshlandi. Ushbu tarixiy sana doirasida universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabrdagi qaroriga muvofiq “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur nishon — kasaba uyushmalari tizimi rivojiga, xodimlarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash yo‘lida ko‘rsatilgan tashabbuskorlik va samarali faoliyatning yuksak bahosidir.
Marosimda Farg‘ona viloyati Kasaba uyushmalari kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev so‘zga chiqib, universitet jamoasini bir nechta muhim sanalar —
O‘z navbatida rektor Bahodirjon Shermuhammadov Erkinjon Nuraliyevga tabrik va minnatdorchilik bildirib, taqdim etilgan mukofot butun FarDU jamoasining fidokorona mehnati, mas’uliyati va rivojlanishga bo‘lgan intilishining natijasi ekanini qayd etdi.
Uchrashuv davomida universitetda yaratilayotgan ijtimoiy sharoitlar, xodimlar farovonligini oshirish, talabalarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.
FarDUda o‘tkazilgan ushbu taqdirlov tadbiri nafaqat 120 yillik tarixga ega kasaba uyushmalari harakatining qadriyatlarini yodga soldi, balki universitet va kasaba uyushmalari kengashi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat berdi.