
Ingliz tili va adabiyoti fakultetida kasbiy rivojlanish uchrashuvi- kelajakka qadam, karera va biznes marafoni bo'lib o'tdi
Bugun bitiruvchi talabalar uchun kasbiy yo‘nalish, bozor talablari va zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda oliy ta’lim boshqaruv organlari, bank sektori, xususiy maktablar, yirik logistika kompaniyalari hamda tarjimonlik va o‘quv markazlari vakillari ishtirok etib, ta’lim, biznes va mehnat bozoridagi bugungi tendensiyalar haqida ma’lumot berishdi.
Ishtirokchilar o‘zlarining real tajribalariga tayangan holda, talabalarga kasbiy o‘sish yo‘llari, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, xorijiy til mutaxassisligi imkoniyatlari, loyihalar boshqaruvi va shaxsiy brend yaratish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.
Tadbir talabalar uchun yangi motivatsiya, yo‘nalish va imkoniyatlar eshigini ochgan muhim platformaga aylandi.