Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

Xalqaro nogironlarni qo‘llab-quvvatlash kuni

10:06, 04.12.2025      

3-dekabr — Xalqaro nogironlarni qo‘llab-quvvatlash kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbirlar

FarDU Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti talabalarining 86-sonli maxsus maktab-internatga tashrifi doirasida “Mehr qolur, muhabbat qolur” shiori ostida ezgu tadbir o‘tkazildi.

Bolalarga esdalik sovg‘alari ulashildi, ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi.

Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi parakamondan o‘q otish bo‘yicha terma jamoa a’zosi, sport ustasi, to‘rt karra O‘zbekiston chempioni Abduqodir Jilanboyev holidan xabar olishdi.

Shuningdek, Inklyuziv ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari 86-sonli maxsus maktab, Marg‘ilondagi 22-sonli maxsus bog‘cha tarbiyalanuvchilari va maxsus ta’lim yo‘nalishi talabalariga sovg‘alar ulashib, jamiyatda hech kim uchun imkoniyatlar cheklanmasligi ta’kidlandi.