Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​Farg‘ona davlat universitetida “Ozarbayjon san’ati va adabiyoti kunlari” boshlandi

13:06, 04.12.2025      

Universitetning Ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilgan tadbir Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Mehmonlar o‘zbekona an’anadagi iliq kutuv bilan — milliy libosdagi qizlar doira sadosi ostida, Qo‘qon patiri va xolvasi bilan qarshi olindi.

Bu jarayon ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, mehr-oqibat va madaniy yaqinlikning yorqin ifodasiga aylandi.

Tadbir davomida Vokal va cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan Ozarbayjon qo‘shiqlaridan iborat sahna dasturi namoyish etildi.

Kuy-qo‘shiqlarning ruhiyati, ijrochilarning mahorati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Ushbu madaniy-ma’rifiy kunlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tadbir universitetda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazi hamkorligida tashkillashtirildi.

Dastur davomida mehmonlar Farg‘ona davlat universiteti talabalari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, jumladan badiiy rasmlar, amaliy san’at namunalaridan iborat ko‘rgazma bilan tanishdilar.

Talabalar ijodida vodiy tabiatining go‘zalligi, milliy qadriyat va an’analarimizning rang-barang ifodasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ushbu madaniy uchrashuv ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga, yoshlarning ijodkorlik salohiyatini keng ommaga namoyish etishga xizmat qilmoqda.

FarDU rektori:

Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasiga panja urmoq

Universitetda Ozarbayjon madaniyati va adabiyotiga bag‘ishlangan ijodiy kunlar doirasida xalq shoiri Baxtiyor Vahobzodaga bag‘ishlangan ramziy xona tantanali ravishda ochildi.

Tadbirda universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Akif Marifli ishtirok etib, Baxtiyor Vahobzoda nomidagi xonasini ochib berdilar.

Rektor o‘z nutqida Alisher Navoiyning mashhur misralarini keltirib, o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining qadimiy do‘stligi, mushtarak tarixi va madaniy aloqalarining mustahkamligini alohida ta’kidladi.

Yangi ochilgan xonada ikki tomonlanma manfaatli kelishuvlar imzolanib, esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Ozarbayjonning madaniy merosi, shuningdek, milliy musiqa sozlari namoyish etildi.