Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​Farg‘ona davlat universitetida “Ozarbayjon san’ati va adabiyoti kunlari” davom etmoqda

09:59, 05.12.2025      


Tadbirni universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Akif Marifli ochib berdilar.

Bahodirjon Shermuhammadov nutqi davomida ozarbayjon va o‘zbek xalqlarini asrlar davomida birlashtirib kelgan samimiy do‘stlik, iliq munosabat va beqiyos madaniy yaqinlikni alohida ta’kidladi. Rektor ushbu qardoshlik aloqalari bundan buyon ham yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirib, yig‘ilganlarga ezgu tilaklarini izhor qildi.

So‘ng sahnada Ozarbayjonning milliy kuy va raqslari namoyish etildi. Mazkur badiiy chiqishlar o‘zining betakror ohanglari va nafis raqs harakatlari bilan barchani o‘ziga rom etdi. Milliy san’atga xos jo‘shqinlik va madaniy boylik mehmonlar hamda talabalar qalbida ko‘tarinki ruh uyg‘otib, tadbirga yanada bayramona va iliq muhit baxsh etdi.