
Farg‘ona davlat universitetida “Ozarbayjon san’ati va adabiyoti kunlari” doirasida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi (Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida) tomonidan universitei Axborot-resurs markaziga qimmatli adabiyotlar to‘plami topshirildi.
Ushbu sovg‘a ARM fondini boyitishi, talabalar va tadqiqotchilar uchun Ozarbayjon tarixi, adabiyoti va madaniyatini chuqur o‘rganish imkoniyatini kengaytirishi bilan ahamiyatlidir.
Shuningdek, markaz tashabbusi bilan ARMda “Ozarbayjon adabiyotlari burchagi” tashkil etildi.
Bu burchak ikki xalqning madaniy yaqinligini mustahkamlash, ijodiy almashinuvni rivojlantirish va talabalar uchun yangi bilim manbai yaratishga xizmat qiladi.
Ozarbayjon adabiyotining nodir namunalari endi FarDU talabalari uchun yanada yaqin!
