Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

1-sonli Talabalar turar joyida “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” mavzusida ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi

10:27, 05.12.2025      

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan FarDUning 1-sonli Talabalar turar joyida “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” mavzusida ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi M. Kamalova hamda Axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri N. Butabayeva tashkil etdi.

Ochiq muloqot davomida talaba-qizlarning fikr va takliflari tinglandi, ARM tomonidan Brayl yozuvidagi yangi kitoblar ko‘rgazmasi taqdim etilib, nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir ijodiy ruhda davom etdi — talaba-qizlar she’r va qo‘shiqlari bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.

Yakunda ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mehr, e’tibor va qo‘llab-quvvatlash — jamiyatimizning eng oliy qadriyati!