
Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini kuchaytirish, gender tenglikni ta’minlash hamda oila institutini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil davom ettirish maqsadida muhim tadbir o‘tkazildi.
2025-yil 26-maydagi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining majlis bayonnomasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-oktabrdagi xatiga asosan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Farg‘ona davlat universiteti Gender tengligi tadqiqotlari markazida gender audit amalga oshirildi.
Audit jarayonida universitetda gender tenglikni ta’minlash, ayollar faolligini oshirish, ularning ta’lim va mehnat jarayonlaridagi sharoitlari hamda huquqiy kafolatlari chuqur o‘rganildi.
Tadbir natijalari asosida gender siyosatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.