Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 445
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

11:05, 11.12.2025      


Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Dehqonboyeva tomonidan “Tazyiq va zo‘ravonlikka birgalikda kurashamiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, huquqiy ma’lumotlar hamda zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, muhim hayotiy masalalar yuzasidan foydali tushunchalarga ega bo‘ldilar.