
Bugun mazkur fakultetda “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida 150 nafar bitiruvchi talabalari uchun amaliy karyera va tadbirkorlik bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida Milliy bank xodimi, “Kelajakka qadam” markazi bo‘lim boshlig‘i D. Abduxalilov yoshlar uchun ishga joylashish imkoniyatlari, biznes boshlash bosqichlari va bankning yosh tadbirkorlarga ko‘rsatadigan imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ushbu uchrashuv talabalarning kelajak rejalari, karyera tanlovi va biznes g‘oyalarini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.