FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA TYUTORLIK LAVOZIMIGA SUHBAT O‘TKAZILDI!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktyabrdagi 656-son qarori (https://lex.uz/docs/7774756)bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida” nizomning 2-ilovasi — chora-tadbirlar rejasining 11-bandiga muvofiq, tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonining shaffof tizimini joriy etish maqsadida Farg‘ona davlat universitetida tyutorlik lavozimiga suhbat o‘tkazildi.
Tanlov bo'yicha e'longa muvofiq suhbat jarayoni 2025-yil 8-noyabr kuni tashkillandi.
Tanlov natijalariga ko’ra quyidagi talabgorlar bo‘sh ish o‘rinlari uchun tavsiya etildi.
1. Ermatova Umida Odiljonovna
2. Xoliqov Sardor Raximovich
3. Ortiqova Nozima Foziljon qizi
4. Turdimatov Azizbek Mamirjonovich
5. Qo’shmatova Muqaddamxon