Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 483
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 374
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

TARG‘IBOT

11:30, 22.01.2026      

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida 2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan reja asosida boshqarma tizimi shaxsiy tarkibining ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan navbatdagi targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining majlislar zalida tashkil etilgan “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” mashg‘uloti davomida dunyoda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda harbiy-siyosiy jarayonlar, ularning mamlakatimiz taraqqiyotiga ta’siri yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.

Mazkur mashg‘ulotda Farg‘ona davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi tayanch doktoranti Maxamadaliyev Lutfullo ishtirok etib, “O‘zbekiston – 2030 strategiyasining mazmun va mohiyati” mavzusida atroflicha ma’ruza qildi. Ma’ruzada Strategiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, mamlakatni barqaror rivojlantirish, aholining farovonligini oshirish, yoshlar va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan maqsad va vazifalar batafsil yoritib berildi.

Shuningdek, ma’ruza davomida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining davlat boshqaruvi, xavfsizlik, ijtimoiy soha hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimidagi ahamiyati xususida ham fikrlar bildirildi. Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.

Mazkur targ‘ibot tadbiri shaxsiy tarkibning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda zamonaviy bilim va qarashlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.