Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 483
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 374
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

TA’LIM - TARBIYA

12:03, 22.01.2026      

Farg‘ona davlat universitetida talaba qizlar uchun yaratilgan yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash maqsadida profilaktik nazorat tadbirlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida universitetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi M. Kamalova hamda profilaktika inspektori Sh. Ulug‘xodjayeva hamkorligida 9- va 10-sonli Talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talaba qizlarning yashash sharoitlari atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida yotoqxonalardagi ijtimoiy-psixologik muhitning barqarorligi, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, sanitariya-gigiyena holati hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullar tomonidan talaba qizlar bilan ochiq va samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi.

Shuningdek, profilaktik suhbatlar davomida talabalarga shaxsiy xavfsizlik, mas’uliyat, jamoada sog‘lom munosabatlarni shakllantirish, yotoqxona tartib-qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar belgilandi.

Mazkur profilaktik nazorat tadbirlari talaba qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda universitetda xavfsiz va sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi. Bu kabi ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.