Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 483
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 374
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR:“MUSTAHKAM OILA — BAXTLI KELAJAK POYDEVORI”

12:09, 22.01.2026      

Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakultetida talaba-qizlar ishtirokida “O‘z kelajaging uchun o‘zing mas’ulsan” shiori ostida “Mustahkam oila — baxtli kelajak poydevori” mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talaba-qizlar ongida oila muqaddasligi, oilaviy qadriyatlar, mas’uliyat va mustaqil hayotga ongli tayyorgarlik tushunchalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda Farg‘ona davlat universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi M. Kamalova, psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi E. Mirzajonova, boshlang‘ich ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi D. G‘aziyeva, shuningdek, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D. Yo‘ldosheva o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan oila mustahkamligi, sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish, er-xotin o‘rtasidagi hurmat va ishonch, mehr-oqibat, ota-onalik burchi va mas’uliyati, shuningdek, kelajakda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. Psixologik yondashuvlar asosida olib borilgan suhbatlar talaba-qizlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar. Bu esa ularning hayotiy qarashlarini boyitish, mustaqil fikrlash va ongli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlar orasida sog‘lom oila muhitini targ‘ib etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda baxtli kelajak poydevorini yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.