

Joriy hafta davomida universitet fakultetlarida joriy davrning eng dolzarb siyosiy jarayonlariga bag‘ishlangan “Siyosiy ma’rifat soati” tadbirlari tashkil etildi. Mazkur tadbirlar ishtirokchilarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini chuqur anglashga xizmat qildi.
Xususan, Tabiiy fanlar fakultetida bo‘lib o‘tgan “Siyosiy ma’rifat soati”da professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, ishchi-xodimlar hamda fakultet rahbariyati faol ishtirok etdi. Tadbir davomida haftaning muhim siyosiy voqealari, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, Harbiy ta’lim fakultetida tashkil etilgan tadbirda ofitser-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etib, mamlakatimiz xavfsizligi, barqarorlik va tinchlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga, Agrar qo‘shma fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekani, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, ishchi-xodimlar hamda fakultet rahbariyati ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan muhim tashabbuslar, milliy xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha tahlillar olib borildi.
Mazkur tadbirlar universitet jamoasida siyosiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qildi.