

Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kungi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Farg’ona davlat universitet olimlari, professor-o‘qituvchilar tomonidan Murojaatnomada ilgari surilgan islohotlar, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi, ta’lim va ilm-fan sohasidagi yangiliklar, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati atroflicha yoritib berildi. Ushbu fikr va tushuntirishlar Farg‘ona shahridagi mahalla faollari hamda nuroniy otaxon-onaxonlar uchun sodda va hayotiy misollar asosida bayon etildi.

Muloqot davomida yurt ravnaqi, mahalla institutining jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati, yoshlar tarbiyasida oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligi, shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari yuzasidan ochiq va samimiy fikr almashildi. Ishtirokchilar Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan vazifalar har bir fuqaroning faol ishtiroki va mas’uliyati bilan chambarchas bog‘liq ekanini alohida ta’kidladilar.
Tadbir yakunida Prezidentimiz ilgari surgan g‘oya va tashabbuslar Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi va jamiyat barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi, bu yo‘lda ilm-fan, mahalla va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Vatan taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik, islohotlarga birgalikda hissa qo‘shaylik! Mazkur davra suhbati jamiyatda islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish, siyosiy va ma’naviy ongni yuksaltirishga xizmat qildi.