Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 483
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 374
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

ILMIY HIMOYA

15:42, 24.01.2026      

Farg‘ona davlat universitetida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat izchil davom etmoqda. Universitet Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Madaminov Baxromjon Mansurjonovich tomonidan tayyorlangan “Yoshlarni axloqiy tarbiyalash jarayonida milliy qahramonlik tuyg‘usini mustahkamlashning ijtimoiy-falsafiy jihatlari” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur dissertatsiya 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan bo‘lib, unda globallashuv sharoitida yoshlar ongida milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va qahramonlik tuyg‘ularini shakllantirishning falsafiy asoslari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda milliy qahramonlik tushunchasining tarixiy-falsafiy ildizlari, uning tarbiyaviy ahamiyati hamda zamonaviy jamiyatda yoshlar axloqiy kamolotidagi o‘rni ilmiy asosda yoritib berilgan.

Dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja beruvchi PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi. Himoya jarayonida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuqori baholandi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan olib borilgan muhokamalar yakunida Madaminov Baxromjon Mansurjonovichning dissertatsiya ishi 100 foiz ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilingan deb topildi va unga falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mazkur ilmiy yutuq nafaqat tadqiqotchining shaxsiy muvaffaqiyati, balki Farg‘ona davlat universitetida ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning samaradorligini yana bir bor tasdiqlaydi.