

Farg’ona davlat universitetining Agrar qo‘shma fakulteti rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan tantanali marosimda fakultetning eng faol va yutuqli a’zolari taqdirlandi. Ushbu an’ana fakultetimizdagi ilmiy va ta’limiy jarayonlarni rag‘batlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda bilimdon ustozlarimizni e’tirof etish maqsadida har yili o‘tkazib kelinadi.
Tantanali marosimda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha faxriylar e’lon qilindi:


Fakultet rahbariyati ta’kidlaganidek, bunday e’tiroflar nafaqat yutuqni qadrlash, balki ilmiy salohiyatni yanada oshirish, talabalarni motivatsiya qilish va fakultetning obro‘sini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Marosim so‘ngida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, barcha professor-ustozlar va talabalar o‘zlarining fidokorona mehnati va ijodiy yondashuvi bilan fakultetimizning rivojiga hissa qo‘shayotganliklari uchun alohida minnatdorlik bildirildi.