
Farg’ona davlat universitetining Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01 raqamli Ilmiy kengashda o‘tkazilgan ilmiy tadbirda FarDU Sport faoliyati fakulteti o‘qituvchisi, maqsadli tayanch doktorant Qodirova Shahlo Shavkatjon qizi o‘zining “Oliy pedagogik ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini optimallashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qildi.
Qodirova Shahlo Shavkatjon qizi 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini tayyorladi.
Dissertatsiya mavzusi oliy pedagogik ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini tizimli ravishda optimallashtirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy pedagogika va sport nazariyalarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari talabalar jismoniy tayyorgarligini samarali oshirish, sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirish va ta’lim jarayonini modernizatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega.
Ilmiy kengash a’zolari dissertatsiyani yuqori baholadi va uning nazariy va amaliy jihatlarini alohida ta’kidladi. Kengash qaroriga ko‘ra, Qodirova Shahlo Shavkatjon qizi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.