Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 483
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 374
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

TALABALAR TURAR JOYIDA NAZORAT VA MA’NAVIY-IJODIY TADBIRLAR

13:46, 26.01.2026      

Joriy yilning 24-yanvarida 11-sonli talabalar turar joyi (TTJ)da yashayotgan talabalar bilan noodatiy usulda nazorat va suhbat o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi – talabalarning kundalik hayoti, shaxsiy gigiyena, tartib-intizom hamda sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirishdan iborat edi.

Nazorat jarayonida mutaxassislar talaba-qizlar bilan quyidagi masalalar bo‘yicha suhbat olib bordi:

  • -Pazandalik ko‘nikmalari va oshxonada ishlash tajribasi;
  • -Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
  • -Xonalarni tartibli va ozoda saqlash.

Suhbat davomida yoshlar o‘z fikrlarini erkin bayon qildilar, shuningdek, tartib-intizom va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida foydali tavsiyalar oldilar.

Tadbir davomida yoshlar bilan “Giyohvandlikka qarshi kurash” mavzusida tushunchalar berildi. Mutaxassislar yoshlarning ongli qaror qabul qilishini ta’minlash va ularni salbiy illatlardan himoya qilish yo‘llari haqida amaliy tavsiyalar berdilar.

Nazorat va targ‘ibot tadbiri davomida TTJ oshxonasida talaba-qizlar bilan milliy taomlar pishirildi. Bu esa nafaqat pazandalik ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki talabalarning bir-biri bilan ijtimoiy va ijodiy muloqotini oshirishga xizmat qildi.

Ushbu tadbir yoshlar o‘rtasida nafaqat tartib-intizom va sog‘lom hayot tarzini rag‘batlantirish, balki madaniy merosimizni qadrlash va oshpazlik san’atiga qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda.