


“FarDU sport majmuasi”da O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi (UZPFL) vakillari tomonidan mavsum oldidan oʻrganish ishlari olib borildi. Tadbirning asosiy maqsadi – stadion va sport inshootlarining xalqaro va milliy professional standartlarga muvofiqligini baholash, mavjud imkoniyatlarni aniqlash va rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilashdan iborat edi.
O‘rganish jarayoni davomida mutaxassislar quyidagi jihatlarni batafsil ko‘zdan kechirdi:
Shuningdek, UZPFL mutaxassislari tomonidan belgilangan talablar va tavsiyalar atroflicha o‘rganilib, stadion va futbol klubi faoliyati bo‘yicha tegishli xulosalar berildi.
“FarDU” futbol klubi doimiy ravishda sport majmuasini professional standartlarga mos holda saqlash va takomillashtirish yo‘lida faol ish olib bormoqda. Bu esa nafaqat talabalar va sportchi-yoshlarga qulay sharoit yaratadi, balki universitet futboli sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Ushbu o‘rganish ishlari kelgusi mavsumda stadion va sport klubi faoliyatining yanada samarali va professional bo‘lishiga katta hissa qo‘shadi, shuningdek, FarDU sport muhitini milliy va xalqaro miqyosda yuqori standartlarga moslashtirishni ta’minlaydi.