
23–27 aprel kunlari mamlakatimizda karate sportining nufuzli musobaqalaridan biri — “Uzbekistan Open” 3-xalqaro turniri yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z yakuniga yetdi. Ushbu turnir turli davlatlardan tashrif buyurgan kuchli sportchilarni bir maydonga jamlab, keskin va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi.
Quvonarlisi, mazkur musobaqada Farg‘ona davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti talabasi Xumoyunmirzo Xalimov munosib ishtirok etib, o‘z mahorati va kuchli tayyorgarligini namoyon qildi. U musobaqa davomida bir qator tajribali raqiblarni ortda qoldirib, yakunda faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Xumoyunmirzo Xalimovning ushbu yutug‘i uning tinimsiz mehnati, qat’iyati va sportga bo‘lgan sadoqatining yorqin natijasidir. Bu muvaffaqiyat nafaqat sportchining shaxsiy yutug‘i, balki universitetimiz sport salohiyatining yana bir bor namoyon bo‘lishi bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, bunday xalqaro turnirlarda qo‘lga kiritilgan natijalar yosh sportchilar uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Ular orqali talabalar o‘z mahoratini oshirib, kelgusida yanada yirik musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilish imkoniga ega bo‘ladilar.