O'zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurash to`g`risida”gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida korrupцiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2019 yil 27 maydagi PF-5729-son Farmonida ta`lim sohasini korruptsiyasiz sohaga aylantirish borasida konseptual fikrlar o`rtaga tashlangan.
Prezidentimizning 2019 yil 24 va 28 may kunlari oliy ta`lim muassasalari rahbarlari va soha vakillari bilan bo`lgan uchrashuvda o`quv dargohlaridagi tamagirlik bilan bog`liq holatlar chuqur tahlil qilinib, bu illat qattiq qoralandi.
Prezidentimiz tomonlaridan korruptsiya ta`lim-tarbiya tizimi uchun yeng katta xavf va birinchi raqamli dushman sifatida e`tirof etildi.
Oliy ta`lim “Korrupцiyasiz soha” degan loyiha asosida bir yil davomida ikkita chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqib, amalga oshirilmoqda.
Lekin korrupцiyaga qarshi kurash tobora qat`iy bo`lib borayotgani, bu borada to`xtovsiz profilaktik tadbirlar tashkil etilayotganiga qaramay, hanuzgacha oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kiritib qo`yish masalasi bilan bog`liq firibgarlik yoki korrupцiya holatlari aniqlanib turibdi.
Oxirgi bir oy ichida ta`lim sohasi bilan bog`liq bo`lgan 10 ga yaqin holat aniqlangan. Bu esa oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimi hamda oliy ta`lim muassasalari obro`siga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, har bir oliy ta`lim muassasasi o`zining tarkibidagi barcha muassasa va tashkilotlarning rahbar-xodimlari, professor-o`qituvchilari va mutaxassis-xodimlari ishtirokida “Korrupцiya va poraxo`rlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusi ostida ta`sirli uchrashuvlar tashkil etish bo`yicha reja jadval tasdiqlagan.
Shu munosabat bilan, 28 iyul 2020 yil kuni 11.00 da Farg`ona davlat universitetida hamkor tashkilotlar (ichki ishlar, adliya, prokratura, O'zbekiston Musulmonlari idorasi vakillari) bilan birgalikda ZOOM platformasi (https://us04web.zoom.us/j/73165616441?pwd=MUJjUXkrRHc3Z0dWb25zQ0RrdGpoUT09, Konferentsiya identifikatori: 731 6561 6441, Parol: 0yhCjZ) orqali onlayn muloqot tashkil etiladi.
Onlayn muloqotga FarDUning soha prorektorlari, fakultet dekanlari, bo`lim boshliqlari, kafedra mudirlari va barcha professor-o`qituvchilar hamda ishchi-xodimlar taklif etiladi. Onlayn muloqotni Farg`ona davlat universiteti rektori Maksudov Ravshan Xasanovich boshqaradi.