Farg‘ona davlat universiteti 2021 yil uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), maqsadli tayanch doktorantura (PhD, Qo‘qon davlat pedagogika instituti uchun ajratilgan maqsadli kvota) va mustaqil izlanuvchilik institutiga hujjatlar qabul qilish boshlanganligini ma’lum qiladi:
№ | Ixtisoslik shifri | Ixtisoslik nomi | Ajratilgan kvoti | ||
Tayanch doktorantura (PhD) | Doktorantura (DSc) | Maqsadli tayanch doktorantura (PhD) | |||
1 | 01.01.01 | Matematik analiz | 1 | ||
2 | 01.01.02 | Differensial tenglamalar va matematik fizika | 2 | ||
3 | 01.04.10 | Yarim o‘tkazgichlar fizikasi | 1 | ||
4 | 02.00.09 | Tovarlar kimyosi | 1 | ||
5 | 02.00.10 | Bioorganik kimyo | 1 | ||
6 | 03.00.05 | Botanika | 1 | ||
7 | 03.00.06 | Zoologiya | 1 | 1 | |
8 | 03.00.08 | Odam va hayvonlar fiziologiyasi | 1 | ||
9 | 03.00.13 | Tuproqshunoslik | 1 | ||
10 | 07.00.01 | O‘zbekiston tarixi | 1 | ||
11 | 07.00.03 | Jahon tarixi | 1 | ||
12 | 08.00.01 | Iqtisodiyot nazariyasi | 1 | ||
13 | 09.00.04 | Ijtimoiy falsafa | 1 | ||
14 | 10.00.01 | O‘zbek tili | 1 | 1 | |
15 | 10.00.02 | O‘zbek adabiyoti | 1 | ||
16 | 10.00.04 | Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti | 1 | ||
17 | 10.00.06 | Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik | 2 | ||
18 | 10.00.11 | Til nazariyasi. Amaliy kompyuter lingvistikasi | 2 | ||
19 | 11.00.02 | Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya | 1 | ||
20 | 13.00.01 | Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi | 1 | ||
21 | 13.00.02 | Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) | 2 | ||
Jami | 24 | 2 | 1 |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida Nizom”ning 16 va 19-bandlariga asosan
Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan, ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.
Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lganlar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida Nizom”ning 18 va 20-bandlariga asosan
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar OTMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
*ariza;
*qisqacha biografik ma’lumotnoma;
*mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun, mustaqil izlanuvchilik institutiga talabgorlar uchun kamida 2 yil ilmiy-pedagogik ish staji);
*oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
*nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari;
*tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilik institutiga talabgorlar uchun).
Shuningdek, maqsadli tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar OTMga qo‘shimcha ravishda buyurtmachi tashkilot birinchi rahbari tomonidan imzolangan maqsadli doktoranturaga kirish uchun nomzodlarga berilgan tavsiyanoma taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar OTMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
*ariza;
*qisqacha biografik ma’lumotnoma;
*mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
*oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
*tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
*nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
Nomzodlarning hujjatlari innovatsion rivojlanish vazirligining phd.mininnovation.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, 2020 yilning 15 oktabriga qadar universitetning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limida qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida Nizom”ning 22 va 23-bandlariga asosan tayanch doktorantura (PhD), shuningdek, maqsadli tayanch doktorantura (PhD)ga talabgorlar uchun mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rgnilgan xorijiy til) fanlaridan kirish imtihonlari va doktorantura (DSc)ga talabgorlar uchun ixtisoslik bo‘yicha suhbat
2020 yilning 1-20 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (PBT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (IBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (B2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod qilinadi.
Hujjatlar quyidagi manzilda qabul qilinadi: Farg‘ona shahar, Murabbiylar ko‘chasi 19 uy, Farg‘ona davlat universiteti ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi,
Telefon: (0373) 244-60-83.