2020 yil 27 noyabr kuni soat 0900 da Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc 03/30.12.2019.Fil. 05.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (10.00.01 – “O‘zbek tili”, 10.00.11 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosliklari bo‘yicha) ning navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.
KUN TARTIBI:
1. G.A.Qurboniyazovning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Qoraqalpog‘istondagi lisoniy vaziyat” mavzuidagi dissertatsiyasi muhokamasi.
2. I.Y.Ergashevning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tilida nemischa o‘zlashmalarning struktur-semantik tadqiqi” mavzuidagi dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy seminarning online tarzdagi majlisiga barcha seminar a’zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.
Manzil: Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi 19, Farg‘ona davlat universiteti axborot-resurs markazi, 1-qavat.