O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi (Research Support Center), hamkorligida 2020 yilning 5 dekabr kuni “Zamonaviy filologiyaning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida halqaro miqyosida ilmiy retsenziyalangan onlayn-konferensiya taklif etamiz.
Shu munosabat bilan 2020 yilning 1 dekabrigacha bo‘lgan muddatda ma’ruzalar tezislarini o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi (Research Support Center) rasmiy veb-sahifasi http://e-science.uz/actual_philology_uz (http://e-science.uz/actual_philology_uz)orqali elektron ko‘rinishda yuborishingiz mumkin.
Konferensiyaga qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tezislar qabul qilinadi:
1– sho‘ba: Antropotsentrik tilshunoslik masalalari.
2– sho‘ba: Tilshunoslik nazariyasi, amaliy tilshunoslik.
3 – sho‘ba: O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotning dolzarb masalalari.
4–sho‘ba: Poetika muammolari.
5–sho‘ba: Til va ta’lim integratsiyasi.
????Konferensiya to‘plamida nashr etilgan ilmiy tezislar GOOGLE SCHOLAR xalqaro bazasida indeksatsiyalanadi, har biriga alohida DOI raqam beriladi.