Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

E ` L O N

11:42, 16.09.2021      

Farg`ona davlat universiteti Rossiya Federatsiyasining Jahon reytingida TOP 100 talikdan o`rin olgan Qozon (Volgabo`yi) Federal Universiteti bilan hamkorlikda Filologiya va tillarni o`qitish: rus tili yo`nalishi bo`yicha qo`shma ta’lim dasturiga qabul boshlanganligini e’lon qiladi.

Hujjatlar 2021-yilning 1-oktyabriga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlar tomonidan fuqarolik pasporti va o’rta maktabni tugatganlik attestati taqdim etilishi lozim. Hujjatlar Farg`ona davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo`limida qabul qilinadi.

Qo`shma ta’lim dasturida (3+1, uch yil Farg`ona davlat universitetida bir yil Qozon Federal Universitetida) o`quv jarayoni rus tilida, to`lov-kontrakt asosida olib boriladi.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki davlatda ham tan olinadigan ikki tomonlama diplom beriladi.

Murojaat uchun: +998 73 244 44 29