O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabr kungi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida 1-3- kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Unga muvofiq har 120-150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritiladi.
Tyutor (ingl. “tutor” – ustoz) ta’lim oluvchi bilan individual ishlovchi, individual ta’lim dasturlarini yaratuvchi, o‘quv faoliyatini amalga oshiruvchi va bajarilishini ta’minlovchi, masofadan o‘qitishda talabaga biriktirilgan o‘qituvchi.
Shu munosabat bilan ushbu lavozimga talabgorlar uchun universitet ochiq tanlov e’lon qiladi.
Tyutorlik faoliyatini olib boruvchilar:
Farg‘ona shahrida doimiy yashovchi, 35-45 yoshda, oliy ma’lumotli (bakalavr yoki magistr), talabalar va ota-onalar bilan muloqot olib borish malakasiga ega, tajribali va berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondoshadigan shahslar bo‘lishi zarur
Buning uchun universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda o‘quv bo‘limiga murojaat qilinadi.
O‘zingiz haqingizdagi obyektivka (passport, diplom kopiya) Tyutor@2021 telegramm guruhiga taqdim etishingiz so‘raladi.
Muddat: 2021-yil 1-oktabrga qadar.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Tel: 73-244-44-86