Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

TYUTORLIK –FIDOYILIK TALAB ETADIGAN KASB, BU – TALABA YOSHLAR HAYOTIGA MASʼULLIK DEGANI

14:13, 04.11.2021      

Oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan tyutorlik shtati talabaning har tomonlama puxta bilim olishi, ularning yashash va oʼqish jarayonidagi muammolarini bartaraf etilishi uchun koʼmaklashuvchi fidoyi faoliyatni talab etadi. Bu borada Fargʼona davlat universitetining barcha fakultetlarida faoliyat boshlagan tyutorlar oʼzlariga biriktirilgan talabalar hayoti, ularning oʼqish va yashash sharoitidagi muammolar bilan tanishmoqdalar.

Xususan, San'atshunoslik fakulteti tyutorlari 4-sonli TTJgi hamda ijarada yashovchi talaba qizlar bilan tozalikka rioya qilish, qizlar tarbiyasi, elektr uskunalaridan hamda tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish, bo‘sh vaqtlarida qanday to‘garaklarga borishi, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Ular bilan samimiy suhbat qurib, kerakli maslahatlarni berishdi.

Pedagogika-psixologiya fakultetiga biriktirilgan tyutorlar dastlabki faoliyatlarini talabalarning yashash sharoitlarini o'rganishdan boshlashdi. Ijara xonadonlarni toifalarga ajratib, ularni yaxshi sharoiti bor xonadonlarga ko'chirishga amaliy yordam berishmoqda.

Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari D.Mirzaev, E.Yuldashev M.Maziyaeva 1-son talabalar turar joyi, ijara xonadonlariga tashrif buyurdilar va talabalarning yashash sharoiti, muammolari va kamchiliklarini oʼrgandilar. Talabalarni is gazidan, oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish, texnika xavfsizligi, yo’l qoidalariga amal qilish kabi bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordilar.

Shuningdek, chet tillari, mevachilik va uzumchilik fakulteti tyutorlari ham faollik bilan ish boshlashdi.