Fargʼona davlat universiteti jismoniy madaniyat fakultetida sportning nayza va disk uloqtirish turi boʼyicha jahon chempioni, Yaponiyaning Tokio shahrida oʼtkazilgan 2020 yilgi Parolimpiada oʼyinlari ishtirokchisi, «Shuhrat» medali sovrindori Yorqinbek Odilov bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Bugun sportda katta yutuq va muvaffaqiyatlarni qoʼlga kiritib kelayotgan universitet talabasi oʼzining sportga kirib kelishi, musobaqalardagi ishtiroki, soʼnggi yillarda davlatimiz rahbarining bevosita eʼtibori va gʼamxoʼrligi ostida qoʼlga kiritayotgan imkoniyat va gʼalabalari haqida soʼzlab berdi.
Yosh chempionning 2017 yil BAAning Dubai shahrida bo‘lib o‘tgan Yoshlar Paraosiyo o‘yinlari, 2018 yil Indoneziyaning Jakarta shahrida oʼtkazilgan Osiyo oʼyinlari, 2019 yil Dubai shahrida boʼlib oʼtgan «Fazza» xalqaro turnirida qoʼlga kiritgan gʼalabalari tilga olindi.
Bugungi kunda Fargʼona davlat universiteti jismoniy madaniyat fakultetida tahsil olayotgan iqtidorli talaba yurtimiz faxrlanadigan va Yurtboshimiz ishonch bildirgan yangi avlod vakili ekanligi eʼtirof etildi.