Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHI YOSHLAR BILAN MULOQOT OʼTKAZILDI

17:40, 04.11.2021      

Bugungi kunda universitet talabalarining maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy hayotiga masʼullik hissi yanada kuchaytirildi. Ularning oʼqish va yashash sharoitlarini yaqindan oʼrganish, kerakli masalalarda zarur yordam koʼrsatish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan Fargʼona davlat universiteti yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektori Ilhomjon Nosirov va fakultetlar dekan oʼrinbosarlari ishtirokida 5- va 6-talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.

«Talabalar turar joyi - umumiy uyimiz» mavzusida oʼtkazilgan muloqotda talaba-yoshlarning taʼlim va tarbiyasi, ularning oʼqishdan tashqari boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, kuz-qish mavsumida yotoqxona sharoitida texnika havfsizligi qoidalariga rioya etish kabi masalalar borasida kerakli tavsiyalar berildi.Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.