Fargʼona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning joriy yil 23 oktyabr kuni qabul qilingan farmoyishiga asosan, noyabr oyining uchinchi oʼn kunligida viloyatimizda “Аdabiyot kunlari” oʼtkaziladi.
Unda adabiyotshunos olim Umarali Normatov tavalludining 90, Oʼzbekiston Qahramoni, Oʼzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 85, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir, dramaturg Saydali Odilov tavalludining 80 yilligi nishonlanishi, Oʼzbekiston xalq shoiri Аnvar Obidjonning xotirasiga ehtirom koʼrsatish hamda rishtonlik isteʼdodli yozuvchi Isajon Sulton “Oʼzbekiston xalq yozuvchisi” unvoni bilan taqdirlangani munosabati bilan ularning ijodiy merosini oʼrganishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, adabiy muloqotlar o’tkazilishi ko’zda tutilgan.
Shu munosabat bilan Fargʼona davlat universiteti filologiya fakultetida yetuk adabiyotshunos olim Umarali Normatov ilmiy merosini keng targʼib qilishga bagʼishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.
Tadbirda olimning zamondosh doʼstlari, adabiyotshunos olimlar, fakultet professor-oʼqituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Umarali Normatovning ilm-fan rivoji, oʼzbek adabiyotshunosligi taraqqiyotidagi oʼrni haqida bayon etilgan maʼruzalar tinglandi. Ijodkor talabalar tomonidan badiiy kompozitsion dastur namoyish qilindi. Shuningdek, yosh tadqiqotchi va ilmiy izlanishdagi o'g’il-qizlarning olim tavalludining 90 yilligiga bagʼishlab oʼtkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanda faol ishtirok etishga daʼvat etildi.
Farg’ona davlat universiteti matbuot xizmati