Farg’ona davlat universitetida talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning salomatligini yanada mustahkamlash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, yosh sportchilarning o’z ustida tinimsiz ishlashi va sportda munosib natijalarga erishishi, xususan, talabalarning universiada va boshqa sport musobaqalarida munosib ishtirok etishiga koʼmaklashish maqsadida universitetning jismoniy madaniyat fakultetida kurash sport turi boʼyicha toʼgarak o'z faoliyatini boshladi.
Bugungi kunda 50 nafardan ziyod sportchi yoshlar mazkur toʼgarakda mashgʼulotlar olib borishmoqda.
Mashg’ulotlar davomida milliy sport turi bo’yicha bo’lajak chempionlar tarbiyalanishi ko’zda tutilgan.