Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKULTETI: OTA-ONALAR BILAN UCHRASHUV

12:19, 06.11.2021      

Bugun Farg’ona davlat universitetining Axborot resurs markazi majlislar zalida pedagogika -psixologiya fakulteti talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda universitet yoshlar bilan ishlash, ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori I.Nosirov, pedagogika-psixologiya fakulteti dekani B.Siddiqov, shuningdek, dekan o’rinbosarlari, tyutorlar, talabalar va 100 nafardan ziyodg ota-onalar ishtirok etishdi.

Dastlab ota-onalarga oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan ishlar, talabalarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, talabalarning ijara xonadonlarida yashash sharoitlari, shuningdek, universitetning taʼlim va tarbiyaviy yoʼnalishlaridagi tartib-qoidalari haqida tushuntirishlar berildi.

Xususan, pedagogika-psixologiya fakultetida olib borilayotgan ilmiy, ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar va talabalarimiz uchun universitet rahbariyati tomonidan fakultet binosi qayta mukammal ta’mirdan chiqqanligi, talabalar o’qishlari uchun barcha sharoitlar mavjudligi va talabalar bunga javoban munosib bilim olishga intilishlari zarurloka’lo baxolarga o’qishlari kerakligi haqida aytib o’tildi. Shuningdek, kredit-modul tizimi va uning mazmun-mohiyati, kredit-modul tizimida eʼtibor qaratish lozim boʼlgan jihatlar, mustaqil taʼlim, oraliq va yakuniy nazoratlar, talabalar oʼzlashtirishi, oʼzlashtira olmagan talabalar nimalar qanday qilib o’zlashtirishi kabi qator masalalar boʼyicha tushunchalar berildi.

Yigʼilishda ishtirok etgan ota-onalar ham oʼzlarini fikr va mulohazalari, takliflarini aytib oʼtishdi hamda oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.