Fargʼona davlat universiteti tarix fakultetida “Munosib hayotning kaliti” shiori ostida psixologik aksiya oʼtkazildi.
Unda fakultet dekani Z. Sobirova boshchiligida professor-oʼqituvchilar, dekan oʼrinbosarlari, fakultet tyutorlari, psixolog F. Abdullaeva va yuzlab talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.
Aksiya davomida ishtirokchilar turli koʼngilochar loyiha va oʼyinlarda qatnashishdi. Unda, eng muhimi, insonning yashashdan maqsadi, orzu-intilishlari, tinch va osuda hayot uchun shukronalik, jamiyat taqdiriga daxldorlik hissi oʼz aksini topdi.
Barcha ishtirokchilar bugungi kun va kelajak uchun munosib motivatsiya oldilar.