Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

HАRBIY TА’LIM FАKULTETI: «YOSHLАR TА’LIM-TАRBIYASI UCHUN BIRGАLIKDА MАS’ULMIZ!»

12:41, 09.11.2021      

Fargʼona davlat universiteti harbiy taʼlim fakultetida talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv oʼtkazildi.

Unda soʼz olgan fakultet ofitserlari ota-onalarga universitet va fakultetning ichki tartib-qoidalari, talabalarga oʼqishga kelib-ketish va kerakli bilim-malakalarni oʼzlashtirish yuzasidan qoʼyilgan talablar, shuningdek, ularni jismoiny va maʼnaviy yetuk kadr boʼlib tarbiyalashda ahamiyat qaratilishi lozim boʼlgan muhim masalalar yuzasidan maʼlumot berib oʼtdilar.

Ochiq va samimiy ruhda oʼtgan muloqotda ota-onalar ham farzandlarining oliy taʼlim muassasasida oʼzini tutishi, berilgan topshiriqlarga jiddiy eʼtibor qaratishi, xulqi va salomatligiga eʼtibor qaratishlari, yaʼni yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun oila va universitet birgalikda masʼul ekanligini taʼkidlashdi. Shuningdek, oʼzlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar olishdi.

Uchrashuv soʼnggida ota-onalar harbiy taʼlim fakultetida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.