Ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish borasida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning to‘rtinchisi - kitob mutolaasi va kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bu borada Farg‘ona davlat universitetining axborot-resurs markazida olib borilayotgan ishlar harbiy ta’lim fakulteti talabalari nigohida bo‘ldi.
Talabalar dastlab zamonaviy jihozlangan, shinam va barcha shart-sharoitlar yaratilgan axborot-resurs markazi tarixi bilan batafsil tanishdilar.
Shuningdek, tadbir davomida namoyish etilgan “Kitoblar ko‘rgazmasi”, markaz to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beruvchi videorolik talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
АRM xodimlari talabalarga АRMga aʼzo boʼlish tartib-qoidalari, boʼlimlardagi adabiyotlarni olish va saqlash, oʼquv zalidan foydalanish, Аxborot texnologiyalari boʼlimidan elektron variantdagi kitoblarni olish hamda internetdan foydalanish haqida umumiy maʼlumotlar berdilar.
Talabalar bilan qizgʼin suhbatlar oʼtkazildi.